Kasbi tadbirkor bölgan Akmal Nosirov mahalla yoşlarini iş bilan ta'minlagan. Yoşlar maktabda dars tugagaç yaşik yasaş bilan maşğul böladi.

“5 yildan buyon yaşik yasaş bilan şuğullanib kelamiz. Qöl ostimda haydovçi, arraçi, iş boşqaruvçilarni qöşib hisoblaganda — jami 18 nafar işçi bor.
Hozirda eksportçilarga uzum mahsuloti uçun yaşik yetkazib beryapmiz. Bir kunda örtaça 2-2,5 mingta yaşik yasaymiz. Yaşik uçun yoğoçlar asosan Namangan viloyatidan yetkazib beriladi. Ya'ni Kaliforniya teragi materialidan foydalanamiz.

Işçilarimizning kiçigi 15, kattasi 20 yoşda. Işçi guruh asosini mahalla yoşlari taşkil qiladi. Hozirgi kunda ular bir kunda 100-150 ming sömgaça işlaşyapti. Xohlasa naqdma-naqd, xohlaşsa oylik hisobida maoş bilan ta'minlayman.
Yaşik yasaşni aprel oyida boşlab, sovuq tuşganida noyabr oyida tugatamiz. Yoğoç qutilarni olma, uzum, gilos, örik, şaftoli, limon, nok mevalari uçun taklif va buyurtmaga qarab yetkazib beramiz.

Asosan ikki xil yaşik yasaymiz. Ayni kunlarda bir dona uzum yaşigi 6 400 - 6 800 sömdan sotilyapti. Içki bozor uçun ham yasaymiz. Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston kabi qöşni davlatlarga eksport ham qilamiz.

Yoşlar maktabdan keyin tuşlikdan to keç soat 21:00, 22:00 gaça işlaydi. Böş vaqtlari bölsa, kelib işlaşadi”, — deydi yoş tadbirkor Akmal Nosirov.

Yoşlardan taşkil topgan ustalar guruhi öz işini yaxşi özlaştirgan. Çaqqonlik borasida ularga tenglaşadigani yöq. Yaşik yasovçi yoş ustalar bitta yaşikni bir zumda yasab qöyib, keyingisini yasaşga oşiqardi.
Sarvar Ziyayev,











