Qömita ma'lumotlariga köra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 million 79,2 ming kişini taşkil etmoqda.

Qayd etilişiça, doimiy aholi soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oşgan.

Ma'lum qilinişiça, respublikaning doimiy aholisi sönggi 30 yil içida 13,9 million kişiga oşgan.

Avvalroq, Statistika qömitasi Özbekiston aholisi 35 millionga yetganini ma'lum qilgandi.

Qömita ma'lumotlariga köra, 7 sentyabr holatiga Özbekiston aholisi 35 millionni taşkil qilgan. Erkaklar 17 570 079, ayollar esa 17 430 079 nafarga teng.

2021 yilning aprel oyida Özbekiston aholisi joriy yilda 35 millionga yetişi ma'lum qilingandi. Yil boşidan buyon doimiy aholi soni kuniga örtaça 1,5 ming kişiga köpaymoqda (2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni örtaça 1,8 ming kişiga oşgan).

Bundan oldin, Özbekistonning qaysi tumanida öğil bolalar köproq tuğilayotgani ma'lum bölgandi.

2020 yilda Jizzax viloyatining Döstlik tumanida jami tuğilganlarning 56,2 foizini öğil bolalar taşkil etgan. Bu respublika tuman va şaharlari orasida eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.