Samarqand viloyati aholisi 4 milliondan oşgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 1 oktabr holatiga Özbekiston hududlari orasida ilk bor Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 4 milliondan oşgan.
Şundan:
- Ayollar – 1 991,7 ming kişi;
- Erkaklar – 2 017,1 ming kişini taşkil etgan.
Qayd etilişiça, 2021 yilning 1 yanvar holatiga köra Özbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga 77 nafar doimiy aholi soni töğri kelgan. Hududlar orasida eng ziç aholi Toşkent şahrida yaşaydi – 1 kilometr kvadrat yer maydonida 7 554,4 kişi. Ikkinçi örinda Andijon viloyati qayd etilgan – 1 kilometr kvadrat yer maydonida 741,4 kişi.
Eslatib ötamiz, Statistika qömitasining ma'lumotlariga köra, 2021 yil 1 oktabr holatiga Özbekistonda doimiy aholi soni 35 million 79,2 ming kişini taşkil etmoqda.












