Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2021 yil 25 iyundagi qaroriga asosan qarzdor Sh.J.dan undiruvchi Sh.J.ga ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadining uchdan ikki bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma'lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor Sh.J. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan muddat uchun hisoblangan 179 million 198 ming so‘mni to‘lab bergan. Shundan so‘ng mazkur sud hujjati undiruvchining arizasiga asosan qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.