7 oktyabr kuni Pensiya jamğarmasi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği va şahar xalq qabulxonasi mas'ullari aholi bilan pensiya va nafaqalar ta'minoti borasida sayyor qabul ötkazdi.
Aholi asosan pensiya miqdorining kamligi borasida mas'ullarga murojaat qildi.
Boşqarma boşliği Gulnora Murodova Kun.uz’ga bergan intervyusida nima sababdan pensiya kam hisoblanişi va pensiya tizimiga oid hozirgi holat haqida gapirdi.

“Hozirda ham pensiya ta'minotida odamlarda norozilik bor, yöq demayman. Fuqarolar pensiyaning minimal miqdorlari kamligidan şikoyat qilişadi. Hozirgi kunda töliq iş stajiga ega bölmagan pensiyalar miqdori 440 ming sömni taşkil etadi. Şahar böyiça qaçon sayyor qabulga borsam, şu tayinlangan 440 ming sömlik pensiya miqdori kamligidan murojaatlarni eşitaman: kommunal xizmatlar, dori-darmon bor, yetmaydi deb e'tiroz bildirişadi. Pensiya tayinlanişi fuqaroning özining oylik iş haqi miqdori va boşqa rasmiy daromadlariga boğliq. Qançalik köp daromad va iş stajiga ega bölsa, pensiya ham şunça köp böladi.
Minimal miqdorga töxtaladigan bölsak, aynan fuqarolarning takliflariga asosan, 2021 yil 1 iyuldan boşlab minimal pensiyalar miqdori 256 ming sömdan birdan 400 ming sömga kötarildi. Pensiyalarning kam miqdorlari bosqiçma-bosqiç kötarib borilişini aholiga tuşuntiryapmiz.
Respublika aholisi, ayniqsa yoşlar, hozirdan pensiyasini öylaşlari kerak. Fuqaro hozirda işsiz yurib, daromadga ega bölmasa, uşbu davrlari mehnat stajiga kirmaydi. Uşbu davr uçun heç qanday tölov tölab berilmaydi. Qaçonki, fuqaro özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, BHMning bir barobari miqdorida ijtimoiy soliqni tölab borsa, bir yillik iş stajiga ötadi.
Bir yilda bir marta 270 ming söm tölagan fuqaro kelajakda bir yil band bölgan hisoblanib, şu yil iş stajiga ötadi.
Köpçilik, bir yillik staj hisoblanişi uçun tölanadigan 270 ming sömni har oy tölaş kerak deb tuşunadi. Yöq, unday emas. Bir yilda bir marta tölansa, bir yillik stajga ötadi”, – deydi Gulnora Murodova.
Eslatib ötamiz, prezidentning «Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga muvofiq pensiya va nafaqalar miqdori joriy yilning iyul oyidan oşirilgandi












