Aniqlanişiça, Yangiqörğon va Uyçi tumanlarida yaşovçi 2 nafar hamda tergov davomida şaxsni aniqlaş imkoni bölmagan “Janiş” ismli fuqarolar oldindan til biriktirib, qiymati 50 AQŞ dollari bölgan jami 141 dona qalbaki bank biletlarini ötkaziş vaqtida uşlangan.

Sud mazkur jinoyat işi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar körsatmalarini har taraflama, sinçiklab örganib, sudlanuvçilar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.


Iş böyiça daliliy aşyo tariqasida olingan qalbaki 141 dona 50 AQŞ dollarini tegişli tartibda yöq qiliş belgilangan edi. 8 oktabr kuni ijro hujjati ijrosini ta'minlaş maqsadida tadbir taşkil etilib, qalbaki dollar tegişli tartibda yoqib yuborildi.












