«Maktab maslahatçisi» («School Counselor») dasturi va uni amalga oşiriş mexanizmi işlab çiqilib, 2021-2022 öquv yilidan Prezident maktablarida joriy qilinmoqda.
Qayd etilişiça, dastur quyidagi vazifalarni öz içiga oladi: ta'lim yönalişlari böyiça individual maslahatlar beriş; dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli oliy öquv yurtlari haqidagi ma'lumotlar bilan taniştiriş; oliygohlarga hujjat topşiriş va röyxatdan ötiş böyiça kerakli tavsiyalarni beriş; ehtiyoj yuqori bölgan kasblar bilan taniştiriş va ularga yönaltiriş.
Maktab maslahatçisining vazifalari:
- sohada muvaffaqiyatga erişgan kasb egalari bilan mahorat darslari, uçraşuvlar taşkil etiş;
- ta'lim iste'molçilari qiziqiş bildirgan sohalari böyiça amaliy ekskursiya va tanişuv turlarini amalga oşiriş;
- maktab psixologi bilan hamkorlikda öquvçilar yoşi, psixofiziologik xususiyati, qobiliyati va iqtidoriga köra hayotda öz yönalişini töğri tanlay olişiga kömaklaşiş;
- Prezident maktabi öquvçilarida milliy va an'anaviy qadriyatlarga bölgan hurmat, iftixorni rivojlantiriş maqsadida maktabda IT, kiçik tadqiqotçilik, milliy hunarmandçilik kabi yönalişlar böyiça tögaraklar taşkil qiliş va ularni samarali amalga oşirişdan iborat.
Dastur muvaffaqiyatli ötgaç, ijobiy tajriba umumta'lim maktablariga translatsiya qilinişi közda tutilgan.












