Çexiyaning Skoda avtomobilsozlik kompaniyasi 18 oktyabrdan işlab çiqarişni qisqartiradi yoki butunlay töxtatadi. Bu haqda TASS kompaniya vakili Tomaş Koterga tayanib xabar berdi.
«18 oktyabrdan boşlab joriy yil oxirigaça Çexiyadagi zavodlarimizda yangi maşinalar işlab çiqarişni sezilarli darajada qisqartiramiz yoki töliq töxtatamiz», — dedi u.
Kompaniya vakilining sözlariga köra, bu elektron butlovçi qismlar taqçilligi bilan boğliq.
Uning aytişiça, işçilar ikki yarim oy davomida korxona omborlaridagi avtomobillarni yiğiş bilan şuğullanadi. Hozirda yiğilişi kerak 50 mingga yaqin maşina bor.
Avvalroq Skoda Qozoğistonda mahalliy bozor uçun avtomobillar yiğiladigan «Azia Avto» zavodi faoliyatini töxtatgandi.

















