Soğliqni saqlaş vazirligi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar şifoxonasida qança bemor bola davolanayotgani töğrisida ma'lumot berdi.

«Bugun Yevropaning qator mamlakatlarida avj olayotgan pandemiyaning yangi tölqini dunyo ahlini yana jiddiy xavotirga sola boşladi. Jumladan, birgina Rossiya Federatsiyasida kunlik kasallaniş körsatkiçlari 25 ming nafarga yetib, ölimlar soni antirekord daraja —  ilk bor 900 nafardan oşdi. Bu esa taşvişlanarli holat. 

Ana şunday vaziyatda Özbekistonda epidemiologik holatning barqarorlaşuvi, albatta, ijobiy natija. Ammo bu xotirjamlikka beriliş uçun  asos bölolmaydi. 

Toşkent viloyatidagi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar şifoxonasi mutasaddilari ham ayni şu fikrda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Muassasa direktori Anvar Husanovning ta'kidlaşiça, hozirgi kunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar faqat Zangiota 1-son va 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonalarida qabul qilinyapti.  

«Markazimiz 2 ming öringa möljallangan. Hozir bu yerda 1 ming 600 nafar bemor muolaja olyapti. Ularning 26 foizi oltmiş yoşdan oşgan fuqarolar bölsa, 160 nafarga yaqini bolalardan iborat.  

Jami bemorlarning 77 foizi örta oğir, 20 foizi oğir, 3 foizi esa öta oğir holatda. Ayni paytda 153 nafar bemor jonlantiriş bölimida davolanyapti. Kuniga örta hisobda 100-150 nafar bemorni qabul qilib, 7-10 kun davomida ularning salomatligini tiklaş çoralarini köryapmiz», degan Anvar Husanov.

Markaz şifokorlari kasallaniş körsatkiçlarini bundan ham pasaytiriş mumkinligi, buning eng samarali va oqilona yöli — öz vaqtida emlaniş ekanini qayd etişgan. 

«Qolaversa, köça-köyda, jamoat joylarida fuqarolarning karantin qoidalariga yetarli darajada e'tibor qaratmayotgani ham epidemiologik vaziyatga salbiy ta'sir körsatmoqda. Statistik körsatkiçlardan ham ayonki, oğir va öta oğir holatdagi bemorlarning katta qismi keksa yoşdagi insonlar. Ularda kasallik asoratlari oğir keçişi va tuzaliş muddati uzayib ketişi kuzatilmoqda. Bunday bemorlar bilan suhbatlaşganimizda ular vaksina olişni paysalga solib kelganidan afsusda ekanliklarini aytişdi.

Ikkinçi salbiy holat şuki, SOVID-19ni yuqtirib olayotganlar orasida bolalar soni ham ortib bormoqda. Misol uçun, ayni kunda Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga kuniga örtaça 25 nafar öğil-qiz yotqizilyapti. Çunki yurtimizda keng tarqalgan delta ştammi bolalarni ham çetlab ötayotgani yöq», deyiladi SSV xabarida.