Kartoşka narxi bir oyda örtaça 7,8 foizga qimmatlaşgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi ma'lumot berdi.
Qömita xabarida aytilişiça, kartoşkaning iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga köra, sentyabr oyida kartoşka narxlari avgust oyiga nisbatan örtaça 7,8 foizga oşgan.
Şu bilan birga, qayd etilişiça, kartoşka narxlari sentyabr oyida yil boşidan buyon örtaça 5,3 foizga arzonlaşgan.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida Özbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 mln AQŞ dollariga teng bölgan 310,0 ming tonna kartoşka import qilgan.
Avvalroq, bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxi e'lon qilingandi.
Unga köra, kartoşkaning 1 kilogrammi narxi 2500 - 6000 sömni taşkil qildi.

















