1. Yetarli miqdorda suv içiş
Köproq suv içiş kerak. U metabolizmni tezlaştiradi. Qon plazmasi 92-95 foiz suvdan iborat. Suyuqlik qon-tomir tizimiga öz funksiyasini bajarişda yordam beradi. Miyaga suv bilan kislorod va glyukoza kelib tuşadi, ular asab faoliyati uçun muhim.
Yana suv miyadan moddalar almaşinuvi mahsulotlari va toksinlarni çiqarib taşlaydi. Suv yetişmasligi esa boş oğriği, çarçoq hissi va ovqat hazm qiliş kabi muammolarga sabab bölişi mumkin.
Suv iste'mol qilişning universal normasi mavjud emas. Ikkita körsatkiçga e'tibor bering:
- Çanqaş hissi. Çanqagan bölsangiz, suv içişni ortga surmang.
- Siydik rangi. U rangsiz yoki oç sariq rangda bölişi kerak. Aks holda siz kam suv içyapsiz.
2. Sabzavot va mevalarni köproq iste'mol qiliş
Ösimliklardan tayyorlangan taomlar yurak qon-tomir kasalliklari va saratonning ayrim turlari profilaktikasida foydali. Ular tarkibidagi kletçatka ovqat hazm qiliş faoliyati yaxşiroq keçişida yordam beradi va noinfeksion kasalliklar ehtimolini kamaytiradi.
Sönggi tadqiqotlarda norma böyiça kuniga 500-800 gramm sabzavot va meva iste'mol qiliş haqida gap ketadi, bu esa kam miqdor emas.
3. Iste'mol qilingan taomlarni yozib boriş uçun kundalik tutib köriş
Köpçilik iste'mol qilgan mahsulotlari miqdorini aniq bilmaydi. Şuning uçun özimizning ovqatlaniş borasidagi odatlarimizni yaxşi bilmasligimiz ehtimoli yuqori. Kundalik esa bu borada aslida vaziyat qanday ekanini tuşunişda yordam beradi. Masalan, siz özingizni yetarli miqdorda sabzavot yeyman deb hisoblaşingiz mumkin, aslida esa balki kuniga bor-yöği ikkita bodring bilan çeklanayotgandirsiz.
4. Şakarni kamroq iste'mol qiliş
Zamonaviy odam şakarni köp miqdorda iste'mol qiladi, çunki uni hamma yerda uçratiş mumkin. Nafaqat gazli içimliklar va pişiriqlarda, balki ketçup, tezpişar bötqa hamda kolbasa tarkibida ham şakar bor.
Ikkinçi tipdagi diabet, jigar yetişmovçiligi, kariyes, semizlik va boşqa kasalliklarga şakarni haddan ziyod köp iste'mol qiliş sabab sifatida körsatiladi. Şunday ekan, uning ratsiondagi miqdorini nazorat qiliş lozim.












