Viloyatlarda ğolib bölgan 13 jamoa va eng yaxşi ikkinçi örinni qölga kiritgan 3 jamoa pley-off körinişida qur'a taşlab, juftliklarga bölindi. Ötkazilgan öyinlar yakunida Navoiy va Xorazm jamoalari finalga yetib kelişdi. Hal qiluvçi öyin 12 oktyabr kuni ötkaziladi.

Yarimfinal öyinlaridan keyin öz viloyatlarida ğolib va sovrindor bölgan jamoalarga sovrinlarni topşiriş marosimi ötkazildi. Öz viloyatida uçinçi bölgan jamoalar 10 million sömdan, ikkinçi örin sohiblari 20 million sömdan, hududiy ğoliblar esa 100 million sömdan mukofot pullarini qabul qilib olişdi.

Taqdirlaş marosimi Börontepada ötkazildi. Pullar uç xil rangdagi diplomatlarda jamoa sardorlariga topşirildi. Mukofotlarni Yoşlar işlari agentligi rahbari Alişer Sa'dullayev, boş vazir örinbosari Behzod Musayev va Mass-mediani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov topşirdi.

Sözga çiqqan Allamjonov yoşlarni ilmning öziga xos kiçik tantanasi bilan qutladi va ilm orqali yoşlar millioner bölayotgani bu boradagi katta qadamlarga asos bölişini ta'kidladi.

Ma'lumot uçun, Navoiy va Xorazm jamoalari örtasidagi final öyini yakunlariga köra ğolib jamoaning har bir a'zosiga bittadan Gentra maşinasi sovğa qilinadi.