Bir guruh huquqşunoslar va ilmiy ekspertlar Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruni Xalqaro jinoiy sudga berişdi. Ular siyosatçini Amazoniya örmonlarini yöq qilişda gumon qilib, uni “insoniylikka qarşi jinoyatlarda” ayblaşmoqda.

Allrise ekoloik adolat kampaniyasi faollari Haaga sudiga murojaat qilib, Bolsonaru va uning ma'muriyatiga qarşi “butun dunyoda iqlim özgarişining salbiy oqibatlariga olib kelgan xatti-harakatlari” yuzasidan iş qözğatişni söraşgan.

Da'vo arizasida Braziliya yetakçisi atrof-muhit himoyaçilari öldirilgan katta kölamli kampaniyani ötkazişda va örmonlar kesilişi oqibatida sayyora aholisiga xavf tuğdirilganlikda ayblanmoqda.

“Amazoniyada örmonlar katta kölamda yöq qilinmoqda va biz buning global isiş bilan özaro boğliqligi sababini tuşunmoqçimiz. Rim maqomi insoniylikka qarşi jinoyatni aynan şunday belgilaydi: tabiat va uning himoyaçilarining qasddan yöq qilinişi”, deb aytgan AllRise asosçisi Yoxannes Vezemann.

Ta'kidlanişiça, Bolsonaru har yil 400 ming gektar tropik örmonning yöq qilinişi uçun javobgar hisoblanadi. U 2019 yil 1 yanvarda prezident lavozimini bajarişga kirişgandan keyin örmonlar yöqolişi sur'atlari 88 foizga tezlaşgan.

“Bolsonaru ma'muriyati Amazoniyani himoya qilgan qonunlar, idoralar va alohida şaxslarni tizimli ravişda çetga çiqargan va bartaraf etgan”, deb aytilgan xabarda.

Ekspertlarning hisob-kitobiça, Bolsonaru ma'muriyatining örmonlarni ayovsiz kesiş bilan boğliq faoliyati tufayli atmosferaga çiqqan zararli moddalar joriy asrda 180 mingdan köproq odamning ölimiga sabab böladi.

Ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda Amazoniyada örmonlar kesilişi oqibatida uning tegilmagan qismi yuta oladigandan köproq karbonat angidrid atmosferaga çiqmoqda.

Amazoniyadagi örmon yonğinlarida mamlakat rahbariyatining qöli borligi taxmin qilinadi.