Braziliyaning Belen şahrida BMTning Xalqaro iqlim konferensiyasi (COP30) ötkazilayotgan joyga tub aholi vakillaridan iborat namoyişçilar guruhi bostirib kirdi.
Ular mahalliy tub aholi vakillari uçun xos bölgan boş kiyim va liboslarda edi.
Indígenas irrumpen en sede de la Cumbre Climática #COP30
— Político Latam (@Politico_latam) November 12, 2025
Durante el segundo día de actividades de la COP30, un amplio número de indígenas principalmente de pueblos originarios amazónicos como Munduruku y Kayapó, forzaron la entrada de la Zona Azul, una zona restringida para… pic.twitter.com/Q64X3YWsj
Qöriqçilar tösiğini buzib ötib, sammit ötayotgan hududga kirib kelgan önlab namoyişçilar iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş va örmonlarni kesişdan himoya qiliş çoralarini körişni talab qilgan.
«Pulga töymaysanlar», – degan tupinamba qabilasidan bölgan Gilmar. «Biz yerlarimiz agrobiznes, neft qazib oliş, noqonuniy konlar va daraxt kesilişidan xoli bölişini istaymiz», – deya izohlagan u talab mohiyatini.


Namoyişçilarning ayrimlari «Yerlarimiz sotilmaydi» deb yozilgan plakatlarni kötarib olişgandi.


Namoyişçilar bilan töqnaşuvda ikki nafar qöriqçi jarohatlangan. Guvohlarning sözlariga köra, ulardan birini nogironlar aravaçasida olib ketişgan. Yana biri Reuters’ga boşiga olomon orasidan otilgan oğir noğora tayoği tegişi oqibatida jarohatlanganini aytgan.













