Kanada hukumati Afğonistondan AQŞ va boşqa davlatlarga evakuatsiya qilinadigan 40 ming afğonni qabul qilmoqçi. Bu haqda Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Twitter’da ma'lum qildi.
“Kanada 40 ming afğon qoçqinini qabul qiladi va biz boşqa davlatlarni ham afğonistonlik qoçqinlarni xavfsiz joylaştirişda öz sa'y-harakatlarini faollaştirişga çaqiramiz”, deb yozgan Tryudo. Uning ta'kidlaşiça, Ottava nafaqat Afğonistondagi missiya vaqtida kanadalik harbiylarga yordam körsatgan afğonlar va ularning oila a'zolarini, balki mamlakatning insonparvarlik dasturlariga mos keladigan boşqa afğonlarni ham qabul qiladi.
Avgust oxirida Kanadaning immigratsiya, qoçqinlar va fuqarolik masalalari böyiça vaziri Marko Mendiçino mamlakat 5 minggaça afğon qoçqinini qabul qilişini aytgan.
Avvalroq Kanada Afğonistondan mustaqil ravişda 3,7 ming kişini, jumladan kanadaliklarni va afğonlarni olib çiqqandi. Oxirgi 2 oy davomida Ottavaning sörovi bilan Afğonistondan Qatarga yana 100 dan köproq odam olib çiqilgan.
Tryudoning ma'lum qilişiça, “Katta yigirmatalik” davlatlari Afğonistonda inson huquqlari himoyasini qöllab-quvvatlaşni davom ettiradi va afğonlarni zarur insonparvarlik yordami bilan ta'minlaş böyiça sa'y-harakatlarini kuçaytiradi.
12 oktyabrda “Katta yigirmatalik”ning Afğonistonga bağişlangan favqulodda sammiti videoanjuman şaklida bölib ötdi. Sammitda xalqaro gumanitar va moliyaviy taşkilotlar vakillari ham iştirok etdi.

















