“Avvalambor, bugun siz, aziz yurtdoşlarim bilan mana şunday kötarinki kayfiyatda uçraşib turganimdan ğoyat xursandman. Fursatdan foydalanib, sizlarga, sizlar orqali Navoiy viloyatining köpmillatli xalqiga özimning çuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Navoiy viloyati deganda bir tomoni çöl, bir tomoni köl, bir yoni ulkan toğlar, bir tarafi bepoyon dalalardan iborat betakror tabiatni, ulkan sanoat mintaqasini tasavvur etamiz.

Uşbu hududdagi Navoiy, Zarafşon, Uçquduq kabi zamonaviy şaharlarning dovruği butun dunyoga taralgan. Biz viloyatni noyob va qimmatbaho qazilmalarning möl zaxirasiga, konçilik, metallurgiya, energetika, kimyo, quriliş materiallari, oziq-ovqat sohasidagi zamonaviy korxonalarga ega bölgan voha sifatida barçamiz yaxşi bilamiz. 

Bu ölkaning tuproği – oltin, deymiz. Lekin, aslida uning mard va matonatli, bağrikeng xalqi oltindan ham qimmatli boyligimiz, desak, ayni haqiqat böladi. 

Biz köp millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida 2022 yilda Navoiy şahrida Döstlik boğini qurişni rejalaştirganmiz.

Bu yil buyuk Alişer Navoiy bobomiz tavalludining 580 yilligi yurtimizda keng nişonlanayotganidan yaxşi xabardorsiz. Uluğ bobomiz hayoti va ijodini çuqur örganiş va keng tarğib etiş böyiça boşlagan işlarimizni yuqori bosqiçga kötarişda Navoiy ahli, viloyat ziyolilari yanada faollik körsatadilar, deb işonaman”, dedi prezidentlikka nomzod.