G20 davlatlari istaydimi yöqmi, ular baribir toliblar bilan hamkorlik qilişiga töğri keladi. Hatto insonparvarlik yordamini ularning qöliga topşirişga ham.

Germaniya kansleri Angela Merkel xalqaro hamjamiyatni Afğonistonda xaos yuzaga kelişiga yöl qöyib bölmaslikdan ogohlantirdi. U sammit iştirokçilariga «Tolibon» boşqaruvi davrida bu mamlakat iqtisodiyoti butkul qulab tuşişidan heç kim heç narsa yutmasligini aytib ötdi.

Kanslerlik lavozimi yakunlanayotgan Merkel Germaniya Afğonistonga 600 mln yevro miqdorida insonparvarlik yordami ajratişga tayyorligini tasdiqladi.

Jahon yetakçilari, jumladan AQŞ prezidenti Jo Bayden afğonlarga moliyaviy yordam töğridan töğri «Tolibon» orqali emas, mustaqil xalqaro taşkilotlar orqali yuborilişi kerakligini qayd etişdi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Afğonistonga 1 milliard dollar miqdoridagi yordam paketi ajratişni taklif etdi, şundan 300 mln dollar gumanitar falokatning oldini olişga qaratilgan.

Fon der Lyayyen nazarda tutgan summaning qolgan qismi qaysi maqsadlarga yönaltirilişiga aniqlik kiritilmagan.

BMT rahbari Antoniu Guterriş mablağlar Afğonistonning yangi hukumati qöliga berilişiga qarşi çiqdi, u mamlakat iqtisodiyotiga töğridan töğri sarmoya kiritişni taklif etgan.

Sammit iştirokçilarining qator iştirokçilari Afğonistonga yordamni toliblarning inson huquqlariga qay darajada rioya etişiga boğliq qilib qöyişni taklif etgan.

«Meni ayniqsa toliblarning qizlar va ayollarga aloqador va'dalari bajarilmayotgani taşvişga solmoqda», degan Guterriş.

Ayniqsa ayollarning toliblar boşqaruvidagi holati Katta yigirmatalikni taşvişga solmoqda. Suratda - Kobulda 3 sentyabr kungi namoyişlar

Kuzatuvçilarning fikriça, Ğarb amalda uddalab bölmas topşiriq bilan töqnaşmoqda: «Tolibon» bilan bevosita aloqani çetlab ötgan holda oddiy afğon xalqiga yordam körsatiş.

«Bizda öylab ötirişga vaqt yöq. Harakat qiliş, imkon qadar tezroq harakat qiliş kerak», degan sammit boşida Yevropa Ittifoqining xorijiy işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel.