Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakat kardioxirurgiyasi tarixi yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti bilan boyigani, Toşkent şahridagi zamonaviy klinikalardan birida şoşilinç ravişda tibbiy körsatmaga muvofiq noyob operatsiya muvaffaqiyatli ötkazilgani haqida xabar qildi.

«Odatda, şifokorlar keksa yoşli insonlar tanasiga tiğ tekkizişning özi juda nozik jarayon ekanligini aytişadi. Yurak sohasidagi jarrohlik amaliyotlari esa öta murakkab va ançayin xavfli. Şu bois, hatto mazkur sohada peşqadam bölgan Yaponiya va Germaniya davlatlarida ham bunday operatsiyalar kamdan kam ötkaziladi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Amaliyot Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazida işlab kelgan va 2017 yilda Soğliqni saqlaş vazirligi taklifi asosida vatanga qaytgan malakali kardioxirurg, tibbiyot fanlari doktori, professor Rustam Yorbekov boşçiligida ötkazilgan
Bemor — Yoqub Mahmudov, 90 yoşda. Toşkent viloyatining Çinoz tumanidan. U köp yillardan beri gipertoniya va yurak işemik kasalliklaridan aziyat çekib kelgan. Qon bosimi 190gaça kötarilib ketişi kuzatilgan, infarktni boşdan ötkazgan.
Şuningdek, joriy yil martida koronavirusga çalinib, muolaja olgan. Ammo köp ötmay yurak sohasida oğriqlar yanada zörayib, ahvoli yomonlaşgaç, Rustam Yorbekov va uning jamoasiga murojaat qilgan.
«Biz, kardioxirurglar bu yoşdagi bemorda jarrohlik amaliyoti ötkazişni qumdan imorat tiklaşga öxşatamiz. Negaki, yurak operatsiyasi çoğida favqulodda buyrak, jigar, miya va boşqa a'zolar xuruj qilib qolişi mumkin. Şu sababli Özbekistonda yaqin yillargaça bunday holatdagi bemorlar hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan. Endi esa nafaqat poytaxt, balki qator viloyatlar markazlarida ham şunday murakkab operatsiyalarni ötkazyapmiz.
Çinozlik otaxon ham bu klinikaga şoşilinç olib kelindi. Dastlab unda koronarografiya amaliyoti ötkazildi. Söng bemorning yurak-qon tomirlarida kuçli zararlaniş ham aniqlangaç, kuni keça aorta-koronar şuntlaş operatsiyasi bajarildi. Hozir Yoqub boboning ahvoli yaxşi. Tekşiruv va tahlil natijalari, qon bosimi me'yorida, puls stabil holatda», deydi professor.
















