Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi kardioxirurgiya bölimining zamon talablariga mos, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan operatsiya xonalariga ega 5 qavatli 75 öringa möljallangan binosining oçilişi kutilmoqda. Uşbu majmuada neyro-qon tomir xirurgiyasi va transplantologiya bölimlari ham faoliyat körsatadi.
SSV matbuot xizmatining qayd etişiça, ayni vaqtda kardioxirurgiya bölimida yiliga 400ga yaqin yuqori texnologik operatsiyalar, jumladan, işlab turgan yurakda aorta-koronar şuntlaş, kötariluvçi aortani hamda yurak klapanlarini tiklaş kabi jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
«Dunyoning sönggi rusumidagi tibbiy jihozlar bilan ta'minlangan kardioxirurgiya bölimi mavjudligi, bu yerdagi şaroitlarning yanada zamonaviylaştirilişi mamlakatimizda eng murakkab va noyob kardioxirurgik amaliyotlarni bepul va yuqori sifat bilan bajariş imkonini bermoqda», deyiladi xabarda.
Hozirda markazning kardioxirurgiya bölimi 15 öringa möljallangan bölib, kuniga ikkitadan operatsiya amaliyotini bajariş imkoniyatiga ega. Yangi bino işga tuşişi bilan örinlar va amaliyotlar soni ham ortadi.

«Ta'kidlaş joizki, markazning bir qator mutaxassislari dunyodagi yetakçi ixtisoslaştirilgan kardioxirurgiya markazlarida uzoq muddatli amaliyot ötab qaytişdi. Şifokorlar Rossiya, Turkiya, Avstriya kabi davlatlarning yetakçi markazlarida tahsil olib, u yerdagi mutaxassislar bilan hamkorlik munosabatlari yölga qöyilgan. Bu esa markazimizda ötkir işemik kasallikning oğir asoratlari, çap qorinça anevrizmasi, çap qorinça disfunksiyasi, mitral klapanning işemik yetişmovçiligida eng murakkab aralaşuvlarni joriy etiş imkonini berdi», — deydi RŞTYoIM direktori Doniyor Alimov.
Kelajakdagi rejalarda markazning kardioxirurgiya bölimida eksperimental operatsiyalarni yölga qöyib, aorta va yurak klapanlarida minimal invaziv yondaşuvni joriy etgan holda, bölimni kengaytiriş va kadrlar tayyorlaş tizimini qöllaş nazarda tutilgan.
«Sönggi yillarda markazdagi kardioxirurgiya xizmati keng rivojlanişga yuz tutdi, ötgan 5-6 yil içida 2000ga yaqin turli xildagi jarrohlik amaliyotlari bajarildi va bu yutuqlar nafaqat mahalliy, balki çet ellik mutaxassislar tomonidan ham yuqori baholandi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

















