“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Nukus şahrida bolalar kardioxirurgiya markazini taşkil etiş haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda bolalar tuğma yurak porogi köp uçramoqda. Hozirda uşbu jarrohlik amaliyotini Nukus şahrida amalga oşirişning imkoni yöq. Uşbu imkoniyatdan foydalaniş uçun katta sarf-xarajatlar qilib, Toşkent şahriga yoki boşqa çet davlatlarga borişga töğri kelmoqda. Agar borişning iloji bölmasa, çet eldan professor-şifokorlarning Özbekistonga kelişini kutişga majbur bölinmoqda. Bu esa köp vaqtni talab etadi.

“Amaldagi holat va imkoniyatlarni inobatga olgan holda, Nukus şahrida bolalar yurak jarrohlik (kardioxirurgiya) amaliyotlarini olib boriş imkoniyatini beruvçi Bolalar kardioxirurgiya markazini taşkil etişni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.