Toşkentda 4-14 oktabr kunlari U-14 çempionati bölib ötdi. Unda Superliga va Pro-Liga qoşidagi futbol akademiya va maktablari tarbiyalanuvçilari iştirok etdi.
19ta jamoa («Aral» musobaqaga kelmagan) 5ta guruhga bölingan holda musobaqani boşladi. Guruhlarda birinçi örinni egallagan 5 jamoa va eng yaxşi ikkinçi örin vakillaridan 3tasi keyingi bosqiçga ötişdi - «Nasaf», «Andijon», «Odil Junior», «Paxtakor», «Xorazm», «Qizilqum», «Nurafşon» va «Navbahor».
Çorakfinalda «Xorazm» «Andijon»ni (1:0), «Paxtakor» «Nasaf»ni (4:1), «Navbahor» «Qizilqum»ni (1:0), «Odil Junior» «Nurafşon»ni (3:0) mağlub etib, yarimfinalga ötişdi.
Yarimfinalda «Xorazm» «Paxtakor»ni penaltilar seriyasida mağlubiyatga uçratgan bölsa (4:2), «Odil Junior» «Navbahor» darvozasiga javobsiz 3ta gol yölladi.
3-örin uçun keçgan bahsda «Paxtakor» «Navbahor»ga qarşi öynab, 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Final uçraşuvida «Odil Junior» jamoasi «Xorazm»ga heç qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:0.

Şu tariqa, 2017 yilda Odil Ahmedov tomonidan taşkil etilgan futbol maktabining yana bir sobiq futbolçi Zayniddin Tojiyev boş murabbiyligidagi jamoasi çempionlikni nişonladi.


«Odil Junior» hujumçisi Akmal Ahmatov 8 gol bilan çempionat töpurari sifatida taqdirlandi. «Paxtakor» sardori Farrux Agayev çempionatning eng yaxşi futbolçisi deb topildi, musobaqaning eng yaxşi darvozaboni va eng yaxşi murabbiyi uçun sovrinlar «Xorazm» vakillari Akbar Maşaripov hamda Abror Qiliçevga topşirildi.

















