Baholovçi taşkilot - baholaş faoliyatini amalga oşiruvçi yuridik şaxs. Baholovçi - belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovçining malaka sertifikatiga ega bölgan jismoniy şaxs. Uni beriş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Rieltorlik taşkiloti - rieltorlik faoliyatini qonunda belgilangan tartibda amalga oşiradigan tijorat taşkiloti. Rieltor - yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga, malaka sertifikatiga ega bölgan va rieltorlik faoliyatini qonunda belgilangan tartibda amalga oşiradigan şaxs.

Belgilanişiça, baholovçi taşkilot baholovçi taşkilotlarning professional jamoat birlaşmalaridan biriga a'zo bölişi, rieltorlik taşkiloti esa - rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlaşmalaridan biriga a'zo bölişi şart.

Qonunlar baholovçi taşkilotlarning professional jamoat birlaşmalari va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlaşmalari tuşunçalari berilgan normalar bilan töldirildi, ularning vakolati va boşqaruv organlari belgilandi.

Baholovçi taşkilotlarning professional jamoat birlaşmalari/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlaşmalari kamida 50 ta baholovçi/rieltorlik taşkilotining va rieltorning a'zoligiga asoslangan, baholovçilarning/rieltorlarning professional darajasini oşirişga va saqlab turişga kömaklaşiş, ularning professional manfaatlarini himoya qiliş, şu jumladan sudlarda himoya qiliş maqsadida faoliyat yurituvçi NNTdir.

Baholovçi taşkilotlarning professional jamoat birlaşmalari/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlaşmalari rahbarlari va xodimlari: baholovçi/rieltorlik taşkiloti ta'sisçilari bölişga; baholovçi/rieltorlik taşkilotida işlaşga yoki rieltor sifatida iş yuritişga; baholovçi/rieltorlik taşkiloti bilan FHŞlar tuzişga; rahbarlarga, baholovçilarga/rieltorlarga yoki baholovçi/rieltorlik taşkilotlari boşqa xodimlariga nisbatan affillangan şaxs bölişga haqli emas.
 
Baholovçi taşkilotlarning professional jamoat birlaşmasi/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlaşmasi a'zolarining umumiy yiğilişi uşbu jamoat birlaşmasining yuqori organidir va uşbu yiğiliş kamida 5 yilda bir marta çaqiriladi.