
Joriy yilning 13 oktabr kuni soat 22:30larda Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, "Nurafşon-Sebzor" köçalari kesişgan çorrahada haydovçi, 1989 yilda tuğilgan Ş.M. boşqaruvidagi "Lacetti" hamda haydovçi, 1991 yilda tuğilgan D.Q. boşqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobili iştirokida töqnaşuv sodir bölgan va "Nexia" avtomobilida yonğin yuzaga kelgan.
Yonğin bartaraf etilgan. Töqnaşuv va yonğin natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yöq. Transport vositalariga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Şayxontohur tumani IIO FMB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda beton tösiqqa urilib, ağdarilgan “Nexia” yonib ketgani, ikki kişi halok bölgani xabar berilgandi.











