Tayyor holdagi yuzlab 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt avtomobillari UzAuto Motors avtoturargohida yangi egalarini kutmoqda. Muammo şundaki, birgina detal – yarimötkazgiçlar yöqligi sabab bu avtomobillarda örindiqni isitiş moduli işlamaydi.
Kompaniyaning ma'lum qilişiça, yuzaga kelgan vaziyatdan kelib çiqib, yaqin orada 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt'ni kutayotgan mijozlarga avtomobilni isitiş örindiği modulisiz taklif etiladi.
Uşbu komplektatsiya 1 mln sömni taşkil etadi va bu summa avtomobilning umumiy narxidan olib taşlanadi.
“Avtomobilda konditsioner va peçka işlaşini ta'minlovçi isitiş va sovutiş tizim regulyatori (HVAC kontroller) özgarişsiz işlaydi. Örindiqni isitiş tugmasi işlamaydi.
Xaridorning roziligi bilan amalga oşiriluvçi uşbu majburiy çoraning qöllanilişi uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada öz egalariga yetkazilişini ta'minlaydi”, – deyiladi UzAuto Motors axborotida.












