Energetika vazirligi ştabi tomonidan Namangandagi «Töraqörğon asfalt sanoat» MÇJga qaraşli asfalt işlab çiqariş korxonasining tabiiy gazdan foydalaniş holati tekşirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tekşiruv jarayonida korxona tomonidan tabiiy gazdan foydalaniş uçun gaz ta'minoti taşkiloti bilan tabiiy gaz yetkazib beriş şartnomasi tuzilmagani va uşbu iste'molçi «Hududgaz Namangan» gaz ta'minoti filialining FOSSA dasturida mavjud emasligi ma'lum bölgan.

Olib borilgan hisob-kitoblarga köra, mazkur korxona tomonidan 97 ming 412 kub metr tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalanilgan. Buning natijasida gaz ta'minoti korxonasiga yetkazilgan zarar miqdori 97 million 412 ming sömni taşkil etgan.

Ta'kidlanişiça, uşbu hajmdagi tabiiy gaz qariyb 10 mingta xonadonning 1 kunlik iste'molini taşkil qiladi. Holat yuzasidan töplangan hujjatlar Namangan viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.