“Ötgan asrning öttizinçi-qirqinçi yillarida Yangiyöl şahridagi teatrda Yunus Rajabiy, Habibiy, Yetim Bobojonov, Qunduz Mirkarimova, Sattor Yaraşev, Faroğat Rahmatova singari taniqli san'atkor va adiblar faoliyat körsatganini köpçilik nuroniylarimiz yaxşi eslaydilar, albatta.
Keyinçalik mazkur ijodiy jamoa Muqimiy teatriga qöşib yuborilgan. Şundan buyon Toşkent viloyatida bironta teatr mavjud emas. Voha ahlining köp yillik orzusi bölgan yangi teatrni ham taşkil etiş vaqti keldi, deb öylayman. Agar sizlar qöllab-quvvatlasangiz, Nurafşon şahrida yangi teatr barpo etamiz.
Toşkent viloyati folklor an'analari, öziga xos milliy ohanglari va boy san'ati bilan ham alohida ajralib turadi. Şu örinda lirik qöşiqçilik maktabining yirik vakili, qibraylik atoqli san'atkor, Özbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov nomini alohida eslab ötişni istardim. Bu uluğ san'atkor ötgan asrning 30-yillarida quloq oilasi sifatida Ukrainaga surgun qilinganini köpçilik yoşlarimiz bilmaydi. Yuksak insoniy tuyğularni avj pardalarda kuylagan atoqli xonandaning ijroçilik an'analarini davom ettiriş maqsadida, viloyat markazida Faxriddin Umarov nomidagi san'at ijod maktabini taşkil qilsak, nima deysizlar?
Toşkent viloyatining farzandlari bölgan Zulfiqor Musoqov, Zuhra Aşurova, Toşpölat Matkarimov, Ozoda Nursaidova, Jahongir Ahmedov, Abduraşid Yöldoşev singari taniqli san'atkorlar xalqimiz mehriga sazovor bölib kelmoqda. Keyingi yillarda yuksak marralarni qölga kiritayotgan Fazliddin Ğoyibnazarov, Akbar Jörayev, Islom Aslanov, Vadim Menkov, Doston Yoqubov, Elmurat Tasmuradov, Tursunoy Rahimova, Rinata Boymetova, Svetlana Osipova, Sanjar Tursunov, Elnur Abduraimov singari maşhur sportçilar ham mana şu zamindan yetişib çiqqani barçamizga ğurur bağişlaydi.
Toşkent viloyati dongdor çavandozlar va polvonlar yurti ekanini ham yaxşi bilamiz. Viloyatda bugun milliy ğururimiz bölgan ot sportini yanada rivojlantiriş uçun juda katta imkoniyatlar bor. Bu boradagi milliy an'analarimizni davom ettirib, Ohangaron va Böstonliq tumanlarida Xalqaro otçopar va çavandozlik maktabini taşkil qiliş taklifini bildirsam, öylaymanki, sizlar ham qöllab-quvvatlaysizlar”, dedi prezidentlikka nomzod.
Toşkent viloyatida yangi teatr va Faxriddin Umarov nomidagi ijod maktabi quriladi
17:06 / 16.10.20216393 min
Nurafşon şahrida yangi teatr barpo etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati saylovçilari bilan uçraşuvda ma'lum qildi.












