Kun.uz’da Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida joylaşgan boğçada oşpaz va xöjalik işlari mudiri göşt öğirlagani va mazkur öğrilik viloyat MTB tomonidan tasdiqlangani haqida xabar berilgandi. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning xabar berişiça boğçadagi öğrilik yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

«Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan Paxtaçi tumanidagi 28-sonli DMTTda göşt mahsulotlari talon-toroj qilinayotgani holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgan. Mazkur holat yuzasidan Paxtaçi tumani prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tekşiriş natijalariga köra, 28-sonli davlat maktabgaça ta'lim taşkiloti mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Maktabgaça ta'lim vazirligi bildirgan munosabatda yozilişiça, Paxtaçi tuman Hayit Elbegi mahallasida joylaşgan 28-sonli boğça boş oşpazi O‘.A. pişirilgan 4,7 kilogramm göştni olib avval kirxonaga yaşirib qöygan. Söng uni boğçaning xöjalik mudirasi M.E.ga bergan.

Xöjalik mudirasi M.E. 4,7 göştni boğça hovlisidan olib çiqib ketayotganda şu boğçada tarbiyaçi bölib işlaydigan N.N hamda M.U tomonidan töxtatib qolingan va holat video va audio şaklda yozib olingan.

Uşbu holat böyiça boğça boş oşpazi O‘.A. hamda xöjalik mudirasi M.E. bilan suhbat ötkazilganda ular 28-boğça direktori Ş.U.ning topşiriği va körsatmasiga ançadan buyon göşt öğirlaşlarini aytişgan. Ular boğça tarbiyaçilari N.N hamda M. U.ning aytgan gaplarni va ular tomonidan olingan video va audio yozuvlardagi lavhalar töğri ekanini öz tuşuntiriş xatlarida tasdiqlagan.

Ta'kidlanişiça, hozirda 28-boğça boş oşpazi O‘.A. va xöjalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

«28-maktabgaça ta'lim taşkilotidagi mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi mutasaddi taşkilotlar tomonidan qonun doirasida tegişli çoralar körilişini ma'lum qilamiz», deyilgan munosabatda.