Ultrazamonaviy majmua Özbekistonda yoşlarni qöllab-quvvatlaş va AKTni rivojlantiriş loyihalari doirasida «Özavtosanoat» taşabbusi bilan amalga oşirildi. Loyiha 3,5 gektar hududda 8500 kvadrat metr maydonga ega binodan iborat kompleksning konsepsiyasi, dizayni va qurilişini öz içiga olgan.

Eng yangi texnik talablar asosida jihozlangan yoşlar markazidan samarali foydalaniş uçun «Özavtosanoat» kompaniyasi Botir Orifjonovni jalb qildi (LeBazar, Paynet asoschisi, Khan Academy Uzbek rahbari), uning rahbarligi ostida Astrum IT-akademiyasi taşkil etildi.

«Men uşbu loyihani amalga oşirişda UzAutöning qöllab-quvvatlaşidan çin dildan xursandman. Kompaniya dastlabki kunlardan boşlab mavjud resurslardan töğri foydalaniş uçun yaxşi suyançiqqa aylandi va men işonamanki, bu bizning yoşlar va axborot texnologiyalarini qöllab-quvvatlaş borasidagi hamkorligimizning faqat boşlanişidir», - dedi Botir Orifjonov.

Akademiyaning uç qavatli binosi zamonaviy talablarga javob beruvçi 1000 dan ortiq kuçli kompyuterlar bilan jihozlangan. Dastur doirasida talabalarga dasturlaşni örgatiş, şuningdek, ularning bu yönalişda keyingi işga joylaşişi ham nazarda tutilgan. Şunday qilib, öqitiş va işlab çiqarişni birlaştirgan klaster taşkil etiş rejalaştirilgan. Talabalarning yutuqlari sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida baholanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Matbuot xizmati Ⓣ