AirPods uzoqroq işlaydi

Ma'lum qilinişiça, uçinçi avlod AirPods quloqçinlarida namlik va ter ta'siridan himoyalangan. Quloqçinlarning akkumulyatori hajmi oşirilgan hamda yangilangan dizaynga ega böldi. Bundan taşqari, yangi AirPods “makon audiosi” va Dolby Atmos funksiyalari bilan jihozlangan.

Işlab çiqaruvçilarning ta'kidlaşiça, akkumulyator quvvati olti soat töxtovsiz musiqa eşitişga yetadi. Keys bilan esa bu körsatkiç 30 soatgaça uzayadi. Bundan taşqari, AirPods 3 MagSafe simsiz quvvatlaş funksiyasini qöllab-quvatlaydi. Quloqçinlar narxi 179 dollar bölib, kelasi haftadan yetkazib beriş boşlanişi kutilmoqda.

M1 Pro va M1 Max protsessorlari

Apple, şuningdek, özi işlab çiqargan M1 Pro va M1 Max protsessorlarini namoyiş etdi. M1 Pro 33,7 mlrd tranzistor va soniyasiga 200 gigabayt tezlikka ega 32 gigabaytli xotira bilan jihozlangan. M1 Max undan köra kuçliroq. U 57 mlrd tranzistor, tezligi soniyasiga 400 gigabayt bölgan 64 gigabaytli xotiraga ega. Qayd etilişiça, M1 Max’ning xususiyatlari grafika bilan işlaganda yanada sezilarli böladi.

Yangilangan MacBook Pro

Bundan taşqari, taqdimotda yangilangan MacBook Pro namoyiş qilindi. MacBook Pro 14,2 va 16,2 dyuymli displeylarda sotuvga çiqadi. Yonidagi romlar 26, yuqoridagi rom 60 foizga kiçraygan. TouchBar örniga qator klavişlar joylaştirilgan, noutbuk MagSafe magnit quvvatlovçisi bilan jihozlangan. Şuningdek, avvalgi dizaynda olib taşlangan HDMI-tirqiş yana qaytgan. Noutbuklarning qalinligi 17 va 15,5 millimetrni taşkil etadi.

MacBook Pro mini-LED displey bilan jihozlangan, unda bir marta quvvatlaş orqali 17 soat töxtovsiz film tomoşa qiliş mumkin böladi. Noutbuk 30 daqiqa içida 50 foizgaça quvvatlanadi.

14 dyuymli MacBook Pro narxi 2000, 16 dyuymlisiniki esa 2500 dollar böladi.