Latviyada koronavirusga çaliniş holatlari soni keskin köpaygani sababli 21 oktyabrdan 15 noyabrgaça lokdaun amal qiladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Krişyanis Karinş ma'lum qildi.
Avvalroq Latviya million aholiga kasallaniş soni böyiça dunyoda 1-öringa çiqqani ma'lum qilingandi.
“Latviya kasallaniş darajasi böyiça dunyoda 1-örinda. Juda köp odam emlanmagan”, deb aytgan boş vazir.
Lokdaun vaqtida mamlakatda soat 20dan 5gaça komendantlik soati amal qiladi. Işga qatnovçilar bundan mustasno. Işlab çiqariş, quriliş va iqtisodiyotning hayotiy muhim sohalarida işlovçilarga iş joyida bölişga ruxsat beriladi. Oziq-ovqat dökonlari, minimarketlar, dorixona va uy hayvonlari uçun dökonlardan taşqari barça boşqa dökonlar faoliyati töxtatiladi. 1 noyabrdan 1-3-sinflar öquvçilari maktabga qaytadi. 4-12-sinflar öquvçilari esa 1 noyabrdan 15 noyabrgaça masofadan öqiydi. Barça köngiloçar, sport va madaniy tadbirlar taqiqlanadi.
Karinşning ta'kidlaşiça, körilgan çoralar odamlar örtasidagi aloqalarni kamida 40 foizga kamaytirişi kerak.
Latviya hukumati ma'lumotlariga köra, oxirgi sutkada respublikada 1253 kişida koronavirus aniqlangan, 7 kişi virusdan vafot etgan. Aholisi 1,9 mln kişini taşkil qiluvçi Latviyada umumiy kasallanganlar soni 185 mingdan oşdi.












