Özbekistonda “Davlat sirlari töğrisida”gi hamda “Korrupsion jinoyat sodir etganlarning reyestri töğrisida”gi qonunlar loyihalari işlab çiqildi.
Bu haqda ma’lum qilgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonovning sözlariga köra, tayyorlangan loyihalar “yaqin kunlarda” jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi.
“Oçiqlik prezumpsiyasi amalga oşişi uçun birinçi örinda “Davlat sirlari töğrisida”gi qonun bölişi kerak. Öşa qonunda qaysi narsa davlat sirlari ekani körsatib ötiladi, unda yöq narsalarning barçasi oçiq bölişi kerak.
2021 yil sentabr oyida mas’ul idoralar, jumladan agentlik iştirokida “Davlat sirlari töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilgan. Yaqin kunlarda bu loyiha jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilinadi”, – dedi Burhonov 19 oktyabr kungi davra suhbatida.
U korrupsion jinoyat sodir etgan mansabdorlarning oçiq reyestrini yuritiş fuqarolarning turli huquqlariga ta’sir qilişini inobatga olgan holda, bu tartibni qonun sifatida qabul qiliş taklifi bildirilganini ta’kidladi.
“Biz “Korrupsion jinoyat sodir etganlarning reyestri töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqdik. Bu loyiha, nasib qilsa, kelasi hafta jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilinadi. Mana şu qonun asosida bu reyestr yuritiladi.
Sizni işontirib aytamanki, 2022 yil 1 yanvardan boşlab [korrupsion jinoyat sodir etgan mansabdorlar röyxati] e’lon qilib boriladi, bu farmonda ham közda tutilgan.
Bu tartibning huquqiy mexanizmi va tizim ustida işlayapmiz. Ya’ni oçiq reyestrda nimalar böladi: mansabdorni ismi-şarifi, qaysi korrupsion jinoyatni sodir etgani kabi. Hozirça bizda bu böyiça muammolar yöq, hammasi reja böyiça ketyapti”, – deya aksilkorrupsion organ rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, 2021 yil iyulida qabul qilingan oçiqlikka doir prezident farmonida 2021 yil avgust oyiga qadar “Davlat sirlarini saqlaş töğrisida” qonun loyihasi işlab çiqilişi lozimligi aytilgan.










