Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida ikki nafar mast fuqaro özaro janjallaşgan. Janjal davomida ulardan biri ikkinçisini piçoqlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Ğallaorol tumani «Gulçambar» qişloq fuqarolar yiğinida yaşovçi şaxs hamqişloğini “Nega uyimga kelib janjal qilasan?” degan vaj bilan piçoqlagan.

Oqibatda jabrlanuvçi çap kökrak sohasida kesilgan va çap orqa sohasida sançilgan jarohat, mastlik va postravmatik şok taşxisi bilan şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, hodisa yuz bergan vaqtda ayblanuvçi ham mast holda bölgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.