19 may kuni Yunusobod dehqon bozorida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimi piçoqlandi. Jabrlanuvçi ayni vaqtda şifoxonada. Unga hujum qilgan şaxs qölida piçoq bilan yölovçi avtobusiga çiqib, yaşirinişga uringan. Uni uşlaş va zararsizlantiriş paytida avtobus içidagi yölovçilardan biri qahramonlik körsatgan. Kun.uz hodisa tafsilotlarini örgandi.
7-sonli şahar klinik şifoxonasi boş şifokori Rasul Rahimovning aytişiça, bemor kasalxonaga böyin sohasidan şikastlangan holda karaxt va oğir ahvolda olib kelingan. Bemorda şoşilinç jarrohlik amaliyoti ötkazilgaç, holati barqarorlaşgan. Keyinçalik u IIV gospitaliga ötkazilgan. Böyin sohasidagi jarohati 5 santimetr atrofida bölgan, traxeya va qalqonsimon bez tomirlari şikastlangan.
Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, içki işlar xodimiga jarohat yetkazgan şaxs qölidagi piçoq bilan yölovçi avtobusiga çiqib, voqea joyidan yaşirinişga uringan.
Gumonlanuvçining ortidan ta’qib qilib borgan uç nafar xodim uni zararsizlantirişga muvaffaq bölgan. Bunda ularga avtobus içida yölovçi sifatida ketayotgan oddiy fuqaro – Vladimir Avdiyans (gapira olmaydi) yordam bergan, uşbu yölovçi gumondorga ortdan taşlanib, uning qöllarini qayirişda yordam bergan.
“Avtobusda edim, qarasam, piçoq kötargan odam çiqdi, uni uşlaş kerak deb hisobladim va IIB xodimiga xabar berdim. U odam piçoq bilan yurgandi, odamlarni avtobusdan çiqardik, keyin uni uşladik va harakatsizlantirdik. Sportçi bölganim uçun bunday jarayondan qörqmadim”, deya surdo tarjimon yordamida Vladimir Avdiyansning sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Ma’lumot uçun, 19 may kuni Yunusobod dehqon bozorida xizmat olib borayotgan PPX inspektori özini şubhali tutgan fuqaroni töxtatib tekşirmoqçi bölganida, u yonidagi piçoq bilan xodimning böyin qismiga tan jarohati yetkazgan edi.
Hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmatining uç nafar xodimi jinoyatçini maxsus vositalar va jismoniy kuç işlatiş yöli bilan zararsizlantirib, qölga olgan, bunda xodimlarga fuqaro Vladimir Avdiyans ham faol yordam berib, özining fuqarolik burçini sidqidildan bajargani uçun mukofotlangandi.











