Aniqlik kiritilişiça, uşbu xodimlarning «qurboni»ga asosan Özbekiston fuqarolari va oğir yuk maşinalari haydovçilari aylangan. Holat mamlakat jinoyatlar yagona reyestrida Qirğiziston Jinoyat kodeksining «Bir guruh şaxslar tomonidan pora oliş» moddasi böyiça röyxatga olingan.
Çegara posti rahbari, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Öş viloyati böyiça çegara xizmati boşqarmasi boşliği hamda qömita çegara xizmati boş ştabi boşliği — direktor birinçi örinbosari qölga olingan.
«19 oktabr kuni «Döstlik-avtodorojniy» nazorat-ötkaziş punkti boşliği A.E., Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasining Öş viloyati böyiça boşqarmasi boşliği Ç.N., şuningdek direktorning birinçi örinbosari - çegara xizmati boş ştabi boşliği Kursanbek Bektaşev qölga olindi. Qölga olinganlar Milliy xavfsizlik davlat qömitasining Öş va Öş viloyati böyiça vaqtinça saqlaş izolyatoriga joylaştirildi», deyiladi mahkama xabarida.

















