Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy Yevroparlamentda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen bilan debat çoğida Yevroittifoqni şantajda aybladi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.
Fon der Lyayyenning sözlariga köra, Yevropa komissiyasi Polşa Konstitutsion sudining YeI qonunlarining ayrim jihatlari mamlakat Konstitutsiyasiga zid ekani töğrisidagi qaroriga nisbatan javob qaytaradi. U YeI körib çiqayotgan yuridik, moliyaviy va siyosiy jazo variantlarini sanab bergan.
Moravetskiy moliyaviy jarima töğrisida gap bölişi mumkinmasligini aytgan.
«Men YeI siyosatçilari Polşani şantaj qilişlariga yöl qöymayman», — degan u.
7 oktyabr kuni Polşa Konstitutsion sudi YeI qonunçiligining ayrim qismlari mamlakat Konstitutsiyasidan ustun emasligi töğrisida qaror qabul qildi. Qayd etilişiça, bu qaror Varşava va Bryussel örtasidagi munosabatlarni keskinlaştirib yuborgan.












