Senatning yigirmançi yalpi majlisida “Bojxona kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun muhokama markazida böldi. Qayd etilganidek, qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Jumladan, 70 ta moddaga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, 10 ta yangi modda bilan töldirilmoqda va 1 ta modda çiqarib taşlanmoqda.

Bojxona nazoratini soddalaştiriş yönalişida bojxona rasmiylaştiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartirilmoqda, tovar va transport vositalarini tegişli bojxona rejimlariga joylaştiriş maqsadida talab etiladigan ruxsatnomalar beriş tartibi bekor qilinmoqda.

Şuningdek, qayta işlaş natijasida hosil böladigan tovarlarning çiqiş normasini vakolatli şaxslar tomonidan belgilaşning huquqiy asosi belgilanmoqda.

Bojxona tölovlari tölanişini soddalaştiriş yönalişida esa, Özbekiston hududiga olib kirişda soliq solişdan ozod etiladigan tovarlar röyxati muvofiqlaştirilmoqda.

Bundan taşqari, Bojxona kodeksi yangi moddalar bilan töldirilmoqda. Xususan, bojxona va tadbirkorlar örtasidagi nizolarni sudgaça hal qiliş böyiça yangi tizim kiritilmoqda.

Bojxona organlarining xatti-harakatlari bilan boğliq 2019 yilda 15 ta va 2020 yilda 29 ta nizoli işlar ma'muriy sudlar tomonidan körib çiqilgan bölib, bu tadbirkorlarning turli sud instansiyalaridagi ovoragarçiligiga sabab bölgan.

Taklif etilayotgan yangi tizim yordamida mavjud nizolarni dastlab bojxona organlarida hal etiş va bu orqali sudda körilayotgan nizolarni örtaça ikki barobarga qisqartirişga erişiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.