“Biz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, nogironligi bölgan şaxslar, nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, oğir ijtimoiy ahvolga tuşgan ayollar uçun arzon uy-joylar qurilişini yanada kengaytirişga erişişni rejalaştirayapmiz” – deyiladi dasturda.

Dasturga köra, mazkur vazifani amalga oşirişda quyidagilarni amalga oşiriş reja qilinmoqda:

- mamlakatimizda zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida quriliş materiallari va konstruksiyalar işlab çiqarişni rağbatlantiriş;

- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun arzon uy-joy qurişga imtiyozli ipoteka krediti beriş amaliyotini takomillaştiriş;

- “Kommunal xizmatlar tariflarini tartibga soliş asoslari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasini işlab çiqiş va qabul qiliş;

- örta muddatli istiqbolda şaharlar va qişloq aholi punktlarida aholini arzon elektr-energiya, issiqlik va issiq suv tizimi bilan ta'minlaş böyiça hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, joylarda davlat-xususiy şeriklik tartibidagi dasturlarni amalga oşiriş;

- kommunal xizmatlarni amalga oşiruvçi taşkilotlar tomonidan asossiz ravişda narx-navo va tariflar oşirilişi holatlariga yöl qöymaslik maqsadida, sohada ma'lumotlar oçiqligini ta'minlaş hamda kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş;

- örta muddatli istiqbolda şaharlar va aholi yaşaş punktlarida yaşil hududlar, istirohat boğlari, bolalar uçun öyin maydonçalarini kengaytiriş, bunda nogironligi bölgan şaxslarning dam olişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş.