Rasmiy Toşkent hozirça Afğonistonning «Tolibon» harakati tomonidan tuzilgan yangi muvaqqat hukumatini tan oliş uçun imkoniyat körmayapti. Bu haqda çorşanba kuni Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Moskvadagi xalqaro anjumanda aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, bu masalada xalqaro hamjamiyatning «afğon siyosiy maydonida muhim rol öynovçi» asosiy iştirokçilari bilan muvofiqlaştirilgan holda qaror qilinadi.
«Men biror mamlakat özining yaqin hamkorlari bilan kelişmagan holda şunday qaror qabul qiladi deb öylamayman. Xususan, hozirça men yangi hukumatni tan oliş imkoniyatini körmayapman. Men öylaymanki, bu xalqaro hamjamiyatning asosiy iştirokçilari bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi», degan u Afğoniston masalasida Moskvada ötkazilayotgan maslahatlaşuvlar vaqtida Sputnik uçun bergan intervyusida.
Özbekiston prezidentining maxsus vakili toliblarning hukumatini tan oliş şartlari oldindan belgilab qöyilganini eslatib ötgan.
«Tolibon» Doha kelişuvida öz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarişi, afğon jamiyatining barça siyosiy kuçlari vakillari iştirokida hukumat tuzilişi, inson huquqlari va ayollarning fundamental huquqlari ta'minlanişi, mamlakat hududidan boşqa davlatlarga tahdid va terrorçilik maqsadlarda foydalanilmasligi kerak», degan u.
Şuningdek, maxsus vakil «Moskva formati»dagi anjuman qatnaşçilarining asosan sovuq kunlar va gumanitar inqiroz şaroitida afğon xalqiga yordam beriş masalasi xavotirga solayotganini qöşimça qildi.

Bugun Moskvada 10ta davlat vakillari, xususan, Özbekiston iştirokida Afğoniston böyiça xalqaro anjuman bölib ötmoqda. Toliblar delegatsiyasiga muvaqqat hukumat rahbari örinbosari Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy boşçilik qilmoqda. Şuningdek, delegatsiya tarkibiga taşqi işlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy va boşqa qator vazirlar kiritilgan.
AQŞ vakillari uşbu anjumanga taşrif buyurmadi.












