Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qaror qabul qilindi.

Quyidagilar agentlikning vazifalari etib belgilandi:

  • moddiy madaniy meros obektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritiş;
  • moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlarida asraşga doir işlarni amalga oşiriş, buyurtmaçi funksiyasini bajariş;
  • milliy muzey fondining davlat katalogini yuritiş;
  • tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qiliş;
  • arxeologiya tadqiqotlarini qöllab-quvvatlaş, arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qiliş;
  • madaniy boyliklarni muhofaza qiliş, şu jumladan ularning Özbekiston hududidan olib çiqilişi va uning hududiga olib kirilişi böyiça sertifikat beriş va boşqalar.

Madaniy meros agentligi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • agentlikning huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • faoliyatini taşkil etiş tartibi;
  • agentlikning huquqlari va javobgarligi, öz tarkibiy bölinmalari hamda boşqa taşkilotlar bilan özaro hamkorlik qilişi;
  • agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi;
  • agentlik faoliyati samaradorligini baholaş mezonlari;
  • agentlik faoliyatini moliyalaştiriş va moddiy-texnik ta'minlaş, uning xodimlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş.

Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib çiqilişi va olib kirilişi sohasida maxsus vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

Uşbu agentlikning öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boşqaruvi organlari va xöjalik birlaşmalari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, boşqa taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari, şuningdek fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.

Madaniyat sohasidagi NHHlar loyihalari hamda moddiy madaniy meros köçmas mulk obektlari joylaşgan aholi punktlarining boş rejalari agentlik bilan kelişilişi şart.