Moskva formati - 2017 yilda Rossiya vositaçiligida Afğonistonning öşa vaqtdagi hukumati va toliblar vakillarini keliştiriş uçun taşkil etilgan.

Moskvaga delegatsiyaga Afğoniston islom amirligining ikkinçi vitse-premeri Abdul Salom Xanafiy rahbarlik qildi. Moskvadagi uçraşuvlarga avvalgi hukumat vakillari hamda AQŞdan heç kim kelmadi. Foto: Vladislav Şatilo / RBK

Kremldagilar toliblar bilan aloqa örnatilişini Afğonistondagi vaziyatni va «Tolibon»ning keyingi niyatlarini tuşuniş istagi bilan izohlagan. Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Tolibon» Rossiya hamda jahonning boşqa davlatlari tomonidan tan olinmagan bölsa-da, «de-fakto toliblar Afğoniston hukumatini ifodalaşi»ni aytib ötgan.

Toliblar delegatsiyasi Moskva markazidagi «Prezident-otel»da qabul qilindi.

Toliblarning siyosiy ofisi rahbari Şahobiddin Dilovar. Foto: Getty Images

Rossiya nomidan muzokaralarda taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov iştirok etdi. Toliblar vakillariga u «hurmatli delegatsiya» deya murojaat etdi.

Bundan oldin toliblar Moskvaga mart oyida kelişgandi. Yozda harakat Afğonistonda hokimiyatni öz qöliga oldi, «Tolibon» jangçilari Kobul ostonasiga kelganida sobiq prezident Aşraf Ğani mamlakatdan qoçib ketgandi.

Toliblar uçraşuv avvalida muzokaralar çoğida iştirokçi davlatlardan siyosiy va iqtisodiy yordam söramoqçiliklari haqida aytişgandi.
Foto: Vladislav Şatilo / RBK 
Uçraşuvda toliblar vakillari ularni Afğonistonning qonuniy hukumatida tan oliş uçun barça şartlarni bajarişgani haqida aytişdi.
Foto: Vladislav Şatilo / RBK

Rossiya ham, dunyoning boşqa mamlakatlari ham hozirça ular tomonidan tuzilgan yangi muvaqqat hukumatni tan olgani yöq.