Adliya vazirligi xabariga köra, kiritilgan özgartişlar bilan farzandlikka olişni istisno qiluvçi jinoyatlar aniq belgilandi. 

Hayotga, soğliqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarşi, özganing mol-mulkini talon-toroj qiliş, giyohvandlik vositalari bilan boğliq va boşqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan şaxslar farzandlikka oluvçilar bölişi mumkin emas. 

Ma'lum qilinişiça, ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvçi bölişi taqiqlangan.

Şuningdek, hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga çalinganlar ham farzandlikka oluvçi bölişi mumkin emasligi belgilandi.

Senatning XX yalpi majlisida Milliy gvardiya qömondoni, general mayor Rustam Jörayev talabgorlarning farzandlikka oluvçilar röyxatida yillab navbatda turişi, amaldagi tartibning qiyinligi odamlarni noqonuniy yöllar bilan bola sotib olişga majbur qilayotganini ta'kidlagandi.

Bildirilişiça, respublikada faoliyat yuritayotgan 13 ta bolalar uylarida jami 504 nafar bola tarbiyalanayotgan bölsa, ularni farzandlikka oliş uçun hozirgi kunda navbatda 5792 nafar fuqaro turibdi.

Fuqarolar yillar davomida farzandlikka oluvçilar röyxatida navbatda turişlari ular tomonidan qonuniy hujjatlar rasmiylaştiriş jarayonini çetlab ötib, noqonuniy yöllar bilan bola sotib oliş darajasiga yetib borayotgani aytildi. 2017−2021 yillar mobaynida bola savdosi böyiça 206 ta jinoiy holat aniqlangan.

«Hozir bolani farzandlikka oliş masalasida kuniga örtaça 53 tadan ortiq murojaat bölmoqda. 20 kun içida jami 1057 nafar fuqaro murojaat qildi», dedi Rustam Jörayev.

Milliy gvardiya qömondoni avgust oyidan buyon mehribonlik uylaridagi bolalar soni 670 nafarga kamayganini ma'lum qilgan.