O‘zbekiston | 12:54 / 22.10.2021
6113
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda boshlangan Turkiy kengash media forumida o‘zbek xalqiga til bayrami munosabati bilan tabrik yo‘llandi

Bugun, 22 oktabr kuni Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining «Olis o‘tmish, kuchli kelajak» nomli media forumi boshlandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, forumda Ozarboyjon, Shimoliy Kipr, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mojariston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 500 dan ortiq axborot sohasi rasmiylari, tilshunos olimlar, diplomatik korpus va OAV vakillari hamda jamoatchilik vakillari qatnashmoqda.

Ushbu forum kengashning media sohasiga bag‘ishlanib o‘tkazilayotgan ilk xalqaro anjumani hisoblanadi. 24 oktyabrga qadar davom etadigan forumda video-konferens-aloqa bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Shimoliy Kipr prezidenti, Ozarboyjon prezidenti yordamchisi ham nutq so‘zlaydi.

Tadbir boshida Turkiya prezidenti administratsiya huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘zbek xalqini davlat tili kuni munosabati bilan tabrikladi. Forum davom etmoqda. 

Asosiy maqsadi - turkiy davlatlar o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘lgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) 2009 yil oktabr oyida tashkil etilgan.

Turkiy kengashga Ozarboyjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kiradi. 2019 yilning kuzida O‘zbekiston ham ularga qo‘shildi. 

Mavzuga oid