Misr çegaraçilari Ai-Da rassom-robotni josuslikda gumon qilib uşlaşdi, deb yozadi The Guardian.

Xabar qilinişiça, Ai-Da Giza ehromlari yaqinida ötkaziladigan zamonaviy san'at körgazmasi oçilişi uçun olib kelingan. U körgazmada öz asarlarini namoyiş etişi möljallangan.

Robot muallifi Eydan Mellerning sözlariga köra, uning ixtirosi ön kun davomida uşlab turilgan. 

Xavfsizlik kuçlari robot közlariga örnatilgan kameralar yordamida josuslik qilişi va tanasidagi modem orqali ma'lumotlarni uzatişi mumkin deb hisoblagan.  

Körgazma boşlanişiga bir neça soat qolganida Ai-Da Buyuk Britaniya elçisi iştirokida bojxona nazoratidan ötkazilgan.

Ai-Da dunyodagi birinçi ultrarealist rassom-robot hisoblanadi. Uni Eydan Meller va Engineered Arse mutaxassislari tayyorlagan.

Ai-Da bionik qöllari va közlaridagi kameralar yordamida rasm çizadi. Robot dasturçi ayol Ada Lavleys şarafiga Ai-Da deb nomlangan.