Borgan sari globallaşayotgan dunyoda insonlar bir-birlari bilan ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalar yordamida aloqa örnatişmoqda va ularning ahamiyati ham ortib bormoqda. 2020 yilgi pandemiya insonlarning bir-birlari bilan özaro aloqalaridan tortib raqamli dunyo bilan bölgan munosabatlariga qadar köp narsalarni özgartirdi. Amerikaning Domo kompaniyasi esa insoniyat har daqiqada internetdagi platformalardan qança miqdorda foydalanişi böyiça tadqiqot ötkazdi.

Qayd etilişiça, har 1 daqiqada Google’da 5,7 mln qidiruv amalga oşiriladi, TikTok foydalanuvçilari 167 mln video köradi, Twitter’da 575 ming tvit yoziladi, Instagram’da 65 ming, Facebook’da esa 240 ming surat ulaşiladi, Amazon mijozlari 283 ming dollarlik narsa xarid qiladilar.

Dunyoning eng yirik texnologik gigantlari har daqiqada qança daromad körişadi?

SNBC yettita eng yirik texnologik brendlardan (Amazon, Apple, Alphabet, Microsoft, Facebook, Tesla va Netflix) olingan rasmiy ma'lumotlari asosida, ular 2021 yilning birinçi çoragida daqiqasiga qança daromad olganliklari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga köra:

  1. Amazon: daqiqasiga 837,3 ming dollar
  2. Apple: daqiqasiga 691,2 ming dollar
  3. Alphabet(Google): daqiqasiga 426, 8 ming dollar
  4. Microsoft: daqiqasiga 321,8 ming dollar
  5. Facebook: daqiqasiga 201,9 ming dollar
  6. Tesla: daqiqasiga 80,1 ming dollar
  7. Netflix: daqiqasiga 55,2 ming dollar.

Öz navbatida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari soni ham yildan yilga keskin oşmoqda. 2010 yilda platformalaridan 970 million inson foydalangan bölsa, 2021 yil iyul oyida foydalanuvçilar soni 4,48 milliardga yetgan.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş böyiça qiziqarli statistika:

  • Hozirgi kunda dunyo böylab 4,48 milliard odam ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda, bu körsatkiç 2015 yildagi 2,07 milliard foydalanuvçidan ikki baravar köp;