Ryazan oblastining Şilovskiy rayonidagi Lesnoy posyolkasida joylaşgan «Elastik» zavodi hududidagi porox işlab çiqaruvçi «Razryad» korxonasida portlaş yuz berdi.
Turli ma'lumotlarga köra, hodisa oqibatida 12 nafardan 16 nafargaça inson halok bölgan. FVV yetti kişi halok bölganini rasman tasdiqladi. Bir kişi şifoxonaga yotqizilgan. Portlaş yuz bergan vaqtda sexda 17 kişi bölgani aytilmoqda.
Rostexnadzor mutaxassislari oxirgi tekşiruv davomida korxonada qoida buzilişlarini, jumladan, portlovçi moddalarni saqlaşda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganini aniqlagan.
Ma'lumot berilişiça, korxona 2015 yilda arbitraj sudi tomonidan bankrot deb topilgan va unga nisbatan tanlov e'lon qilingan. Şu bois 2017 yilda bu yerda işlab çiqariş faoliyati töxtatilgan.

















