Namanganning Töraqörğon tumanida 46 yoşli ayol Gentra urib ketişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 13 oktabr kuni soat 18:30 larda Töraqörğon—Mirişkor yölining 5 kilometrida, Töraqörğon tumani «Bekobod» MFY hududida yuz bergan. 18 yoşli fuqaro öziga biriktirilgan Gentra’ni boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yölni kesib ötayotgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohati tufayli şifoxonada vafot etgan.
Uşbu holat yuzasidan Töraqörğon tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 13 oktabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan.











