1. Issiq çoy içing

Yoki boşqa istalgan içimlik. Muhimi u issiq bölsin, biroq kuydiradigan darajada emas. Issiqlik va buğ burun-halqumda qon aylanişini kuçaytiradi. Natijada nafas oliş yengillaşadi.

2. Iloji boriça köproq suyuqlik içing

Yuqoridagi banddan kelib çiqib, issiq yoki iliq içimlik içiş kerak. Imkon bölmagan taqdirda esa xona haroratidagi suvni ham içiş mumkin.

Agar organizmga suv yetişmasa, burun ham soğlom holatda bölmaydi. Burundagi suyuqlik qurib qoladi va quyuqlaşadi. Bu ham burun bitişiga olib keladi. Burundagi suyuqlik qotib qolganida virus va bakteriyalar uçun qulay muhit yuzaga keladi. Ya'ni kasallik uzoq davom etişi yoki şamollaşga qaraganda yoqimsizroq köriniş tus olişi mumkin. Masalan, gaymorit.

Suyuqlik içsangiz, burundagi şilimşiq suyuqlik köproq oqib, burun-halqumdagi viruslar va umuman burun bitişi hamda şamollaşdan tezda xalos bölasiz.

3. Ingalyatsiya qiling

Issiq buğdan nafas oliş şamollaş, jumladan, burun bitişini ham kamaytiradi va tuzalişni tezlaştiradi.

Healthline tibbiy resursi ingalyatsiyani quyidagi tartibda amalga oşirişni tavsiya qiladi:

  • Kastryulkada toza suvni isiting. Uni qaynaşgaça olib boriş şart emas, suyuqlik ustida buğ paydo bölişining özi yetarli.
  • Suv töldirilgan kastryulkani stol yoki boşqa qulay gorizontal yuza ustiga qöying va 20-30 daqiqa davomida yuzingizni buğga tutib turing. Agar buğ qaynoq bölsa, undan uzoqroq böling yoki biroz ilişini kuting.
  • Burun orqali çuqur nafas oling. Nafasni burun orqali çiqaring. Burundagi şilliq suyuqlikdan xalos böliş uçun kuçli nafas çiqaring.

Ingalyatsiyali suvga bir neça tomçi efir moylaridan ham qöşiş mumkin. Evkalipt, yalpiz, çoy daraxti, qarağay – ta'bga köra şulardan birini tanlang.

4. Issiqqina duş qabul qiling

Özingizni tezda yengil his qilişni istasangiz, mana şu usul mos keladi. Ingalyatsiya yoki issiq çoy kabi duş ham burun oqişini samarali töxtatadi va burun bitişini bartaraf etadi.

5. Burun uçun issiq kompress qiling