Janubiy koreyalik işçilar “Kalmar öyini” seriali qahramonlari libosida mitingga çiqdi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilişiça, Koreya kasaba uyuşmalari konfederatsiyasining (KCTU) minglab a'zolari Janubiy Koreyaning bir neçta şahrida umummilliy namoyişlar taşkil etdi. Mamlakat böyiça minglab kişilar hukumatdan mehnat şaroitlarini yaxşilaş va eng kam iş haqi miqdorini oşirişni sörab köçalarga çiqdi.

Seuldagi namoyişlarda önlab işçilar “Kalmar öyini” seriali qahramonlari libosida qatnaşdi.

Işçilarning sözlariga köra, ular ham serial qahramonlari kabi tirikçilik qiliş uçun bor kuçlari bilan harakat qilmoqda.

Janubiy Koreyaning “Kalmar öyini” seriali omon qoliş haqida bölib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kişidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablağni yutib oliş imkoniyatini beruvçi bolalar öyinlarini öynaş taklif etiladi, ammo öyinda yutqazganlar hayot bilan vidolaşişiga töğri keladi.