Noyabrning ikkinçi yarmida sarxil meva-sabzavotlar yuklangan birinçi “Agroekspress” poyezdi Toşkentdan Moskvaga yöl oladi. Bu haqda Özbekiston boş vaziri örinbosari, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Dastlabki reys noyabrning ikkinçi yarmiga rejalaştirilgan, hammamiz öziga xos voqea guvohiga aylanamiz deb öylayman”, – dedi u.

Umurzoqovning ma'lum qilişiça, “Agroekspress” loyihasining barça tafsilotlari Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikovning Özbekistonga taşrifi çoğida muhokama qilingan.

“Uçraşuv va muhokamalar doirasida “Agroekspress” loyihasini amalga oşirişning barça taşkiliy, texnik va boşqa tomonlari böyiça kelişib oldik”, – dedi u.

Umurzoqov uşbu loyihaga Rossiya va Özbekiston bilan birga poyezd marşruti ötadigan Qozoğiston ham qöşilganini ma'lum qildi.

“Bu birgina ekspress emas, gap biz yölga qöyişni rejalaştirgan tizim haqida bormoqda”, – dedi boş vazir örinbosari.

U Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi va MDH davlatlari rahbarlari kengaşi yiğilişlarida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Agroekpress” loyihasiga boşqa mamlakatlarni ham qöşiş taklifini ilgari surganini eslatib ötdi.

Umurzoqovning qöşimça qilişiça, “Agroekspress” Özbekistondan Qozoğistonga va Qozoğistondan Rossiyaga hamda aks yönalişda yuk taşiydi.

“Agroekspress” loyihasi Moskva-Toşkent yönalişida qişloq xöjalik mahsulotlarini refrijyeratorli tarkibda yetkazib berişga qaratilgan. U logistikani soddalaştiriş, meva-sabzavotlarni Özbekistondan Rossiyaga hamda göşt va un mahsulotlarini Rossiyadan Özbekistonga yetkaziş vaqtini qisqartiriş imkonini beradi.