Aholini ijtimoiy himoya qiliş maqsadida AI-80 markali benzin narxi oşib ketişining oldini oliş çoralari körilmoqda, deya Kun.uz'ga ma'lum qildi “Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki 9 oyi davomida 562,4 ming tonna benzin işlab çiqarilişi belgilangan bölsa-da, amalda 654,9 ming tonna işlab çiqarilgan. Bu – prognozga nisbatan 16,4 foizga köproq (ösiş sur'ati 105,6 foizni taşkil qilgan).
“Yanvar-sentabr oylarida 524,6 ming tonna AI-80, 81,1 ming tonna AI-91, 43,9 ming tonna AI-92, 5 ming tonna AI-95, 0,3 ming tonna AI-98 markali benzin işlab çiqarildi.
“Özbekneftgaz” AJ tomonidan işlab çiqarilayotgan benzinning asosiy qismini, ya'ni 80,1 foizini AI-80 markali benzin taşkil qilmoqda.
“Brent markali neftning jahon birjalaridagi kotirovka narxi 1 barreli uçun 83-85 AQŞ dollarni taşkil etib, yil boşiga nisbatan 1,7 barobarga oşgan bölsa ham, “Özbekneftgaz” tasarrufdagi AYoQŞlarda 1 litr AI-80 benzini 5 900 söm çakana narxda (Toşkent ş.) sotilmoqda yoki yil boşiga nisbatan 1,15 barobarga qimmatlaşgan”, – deyiladi kompaniya axborotida.
“Özbekneftgaz” izohiga köra, AI-91, AI-92, AI-95 markali benzinlarning asosiy hajmi import xomaşyosidan işlab çiqarilişi yoki tayyor holda bozor kon'yunkturasidan kelib çiqib jahon kotirovkalariga boğlangan holda import qilinişi bois mazkur turdagi benzin narxlari nisbatan yuqoriroq.
Rasmiy relizda ta'kidlanişiça, hukumatning tegişli qarorlari bilan 2017 yil 15 noyabrdan boşlab AI-92, AI-93, AI-95 va AI-98 markali, 2019 yil 15 avgustdan boşlab AI-91 markali, 2020 yil 1 maydan boşlab AI-80 markali benzin çakana narxlarini davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilingan va uşbu mahsulotlarni neftni qayta işlaş zavodlari tomonidan sotiş faqat birja savdolari orqali amalga oşirilişi belgilangan.












